У нас есть только
оригинальные песни

Amazon asoschisi Jyeff Bezos dunyoning eng boy odami maqomini qo'lga kiritdi

calendar 28.10.2017
1434

Amazon onlayn-riteyleri asoschisi Jyeff Bezos so'nggi yillarda dunyoning eng boy odami deb e`tirof etib kelinuvchi Microsoft asoschisi Bill Geytsni dog'da qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Bloomberg va Forbes nashrlari xabar bermoqda

Amazon aksiyalari 13 foizga qimmatlagandan keyin Bezosning davlati bir kun ichida 10 mlrd dollarga ko'paydi. Bu esa kompaniya choraklik hisobotni chop etgandan keyin yuz berdi. Kompaniya erishgan ko'rsatkichlar tahlilchilar kutayotganlardan yuqori bo'lgan. 

Bloomberg ma`lumotlariga ko'ra, biznesmenning boyligi 93,8 mlrd dollarga yetgan.  Forbes talqinicha, bu qiymat 93,1 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 

Bezos iyulda ham bir fursatga dunyoning eng boy odamiga aylangandi, biroq bir necha soat o'tib Geyts yana undan o'zib ketgandi.

Avgust oyida Geyts 2000 yildan keyingi eng katta xayr-ehsonni amalga oshirgandi. U bu maqsadda 4,6 mlrd dollaridan voz kechgan.  

Teglar:

Яндекс.Метрика