У нас есть только
оригинальные песни

Amazon egasi eng boy odamlar ro'yxatining 2-pog'onasiga ko'tarilib oldi

calendar 30.03.2017
1284

Amazon kompaniyasi rahbari Jyeffri Bezos 29 mart kuni dunyoning eng boy odamlari ro'yxatining 2-pog'onasiga ko'tarilib oldi. Bundan Bloomberg axborot agentligining oxirgi baholashlari darak bermoqda. 

Avvalroq reytingning 2-pog'onasini amerikalik sarmoyachi va Berkshire Hathaway investitsion xoldingi egasi Uorren Baffet egallayotgan edi.

Bezosning boyligi oxirgi kunlarda 1,49 mlrd dollarga ko'payib, hozirda 75,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 29 mart kunidagi savdolar vaqtida Amazon’ning bozordagi qiymati 9 mlrd dollarga oshgan. Baffetning umumiy aktivlari qiymati esa 74,9 mlrd dollardan ko'proqni tashkil qilmoqda, uning boyligi oxirgi 24 soat ichida 809 mln dollarga kamaygan.

Sayyoramizning eng badavlat insoni hamon Bill Geyts bo'lib qolmoqda. Oxirgi hisob-kitoblarga ko'ra, uning boyligi 86 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. 

AQShning Forbes jurnali 20 mart kuni dunyoning eng boy odamlarining yangilangan ro'yxatini chop etgandi. Ushbu reytingda 1-o'rin Geytsga, 2-o'rin Baffetga va 3-o'rin Bezosga berilgandi.

Bezosga Amazon internet-do'konidan tashqari, Blue Origin kompaniyasi tegishli bo'lib, bu kompaniya "koinotga muntazam sayyohlik parvozlarini yo'lga qo'ymoqchi" bo'lgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. 

Яндекс.Метрика