У нас есть только
оригинальные песни

Amazon vakillari Artel zavodiga tashrif buyurishdi

calendar 09.08.2018
946

Dunyoga mashhur bo'lgan Amazon kompaniyasining vakillari Artel korxonasiga tashrif buyurishdi. Amazon – turli xil mahsulot hamda xizmatlarni internet orqali taqdim etuvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning kapitalizatsiya qiymati 2018 yilda 900 mlrd $ so'mni tashkil etdi.

Amazon kompaniyasining O'zbekistonga tashrif buyurishidan asosiy maqsad – yurtimizda takomillashgan IT tizimi hamda kelgusi hamkorliklar uchun keng sharoitlar yaratishdir.

8 avgust kuni Amazon kompaniyasining vakillari Artel korxonasining rahbariyati bilan uchrashib, rejalashtirilayotgan hamkorlik va bo'lajak loyihalar hamda Artel korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish kabi vazifalarni keng muhokama qilishdi. Aytib o'tish joizki, muhokama davomida ikki kompaniyaning vakillari Artel korxonasining strukturasiga IT mahsulotlarni tatbiq etish bo'yicha ko'pdan-ko'p yangi fikrlarni izhor qilishdi.

Ta`kidlash joizki, qisqa vaqtda O'zbekiston Respublikasida ro'y bergan ijobiy o'zgarishlar va IT industriyasining rivojlanishiga qaratilgan harakatlar Amazon vakillarini hayratlantirdi.

Яндекс.Метрика