У нас есть только
оригинальные песни

Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi

calendar 21.01.2018
1107

Juma kuni yarim kechasi AQSh hukumati faoliyati qisman to‘xtatildi. Aksar davlat muassasalari moliyalanishi kesilib, xizmatchilarining katta qismi majburiy ta’tilga jo‘natildi.

Ingliz tilida shatdaun, ya’ni «Federal hukumatni o‘chirib qo‘yish» deb nomlanadigan hodisa — Prezident deputatlarning talabini bajarmaganligi ortidan yuz berdi. Hukumat ishlab turishi uchun Kongress hamda Senat unga budjet ajratib turishi lozim. Deputatlar Prezident jo‘natgan budjetni ma’qullamasa, hukumat pulsiz qoladi.

Bu yilgi shatdaunning asosiy sababi AQShga nolegal kelgan taxminan 700 ming yosh bolalar bo‘ldi. Obama davrida ularga vaqtinchalik maqom berilgan edi. Tramp esa deputatlarning noroziligiga qaramasdan ushbu maqomni olib qo‘yib, ularni deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan edi. Shu sababli, deputatlar hukumatni moliyalashtirishni bira to‘la to‘xtatib qo‘yishdi.

Oxirgi marta shatdaun 2013-yili amalga oshirilgan bo‘lib, unda 850 ming nafar davlat xizmatchisi, boshqacha aytganda, jami davlat ishchilarining taxminan 40 foizi majburiy ta’tilga jo‘natilgan edi. Ba’zi davlat muassasalarning 96 foizgacha xizmatchilariga ishga chiqmaslik to‘g‘risida topshiriq berilgan.

Shatdaun Prezident deputatlarning talabini bajarmaguncha davom etishi mumkin. Mazkur holat deputatlar va Prezidentning oyligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ular maoshlarini to‘liq olishadi.

 

Яндекс.Метрика