У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik ayol 2,6 mln dollarlik Stradivari skripkasini poezdda unutib qoldirdi

calendar 08.01.2016
962

Germaniya bo'ylab sayohat qilayotgan amerikalik ayol 2,6 mln dollarlik Stradivari skripkasini poezdda unutib qoldirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Ushbu voqea Mangeym–Saarbryukken yo'nalishidagi poezdda yuz berdi. Mo'ljallangan stantsiyaga kelgach, skripkachi ayol kupeni skripkasiz tark etgan va bir oz vaqt o'tgandan keyin skripkasini vagonda unutib qoldirganini payqagan. Ayol shu zahotiyoq politsiyachilarga murojaat qilgan. Poezd Mangeymga qaytishiga bir daqiqa qolganda politsiyachilar skripkani topishga muvaffaq bo'lishgan.

Skripka bust-butun ko'rinishda o'z egasiga qaytarilgan. Politsiyachilarning aytishicha, ayol ularga haddan tashqari minnatdorchiligini bildirgan.

Unutib qoldirilgan skripka 1727 yilda yasalgan va General Dupont Grumiaux deb nomlanadi.

Яндекс.Метрика