У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik biologlar alkogolizmga qarshi dorini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

calendar 05.05.2018
819

AQShning Texas universiteti molekulyar biologlari alkogolizmga qarshi birinchi sinov dori vositasini yaratdi va sinovdan o‘tkazdi. Bunda kalamushlarning spirtli ichimliklarga moyilligi o‘rganilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Olimlar tomonidan ma’lum qilinishicha, alkogolizmga qarshi boshqa vositalar ham mavjud, biroq ularning barchasi odamga kuchsiz ta’sir qiladi va salbiy oqibatlari mavjud. Yaratilgan vosita esa neyronlarning boshqa zanjiriga ta’sir qiladi, shuning uchun uning o‘xshash salbiy tomonlari yo‘q.

Яндекс.Метрика