У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik bloger 162 metrli bino tomidan basketbol halqasiga to‘p tashlab, jahon rekordini yangiladi

calendar 21.05.2016
1074

Amerikalik videobloger va basketbol ishqibozi Tayler Toni Oklaxomadagi 162 metrli  “Cheyz Tauer” osmono‘par binosi tomidan halqaga to‘pni tashlab, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda, Ginnes rekordlar kitobi vakillariga tayanib, TJournal xabar bermoqda.

Rolikda basketbol trik-shotlari bo‘yicha jami 11 ta yangi dunyo rekordi aks ettirilgan, biroq Tonining to‘p uloqtirishi eng qoyilmaqomi bo‘lgan. Shu bilan birga, u rekord o‘rnatish uchun qancha harakatni amalga oshirganiga aniqlik kiritilmagan.

Toni 2015-yil iyunida 126 metr balandlikdan halqaga to‘p tushirgan avstraliyalik Brett Stenfordning rekordini yangiladi.

Яндекс.Метрика