У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik olimlar saraton hujayralari ustidan g‘alabaga erishganligini e’lon qildi

calendar 27.08.2015
1680

Amerikaning Florida shtati olimlari saraton hujayralarini normal holatga qaytarishni o‘rgandi.

Jumladan, bu ko‘krak, o‘pka va qovuq saratoniga taalluqlidir. Bu muvaffaqiyat haqida Jeksonvilldagi Mayo tadqiqot klinikasining Panagiotis Anastasiadis boshchiligidagi mutaxassislar guruhi e’lon qildi.

Olimlarning o‘zlari yaratilgan mexanizmni avtomashinaning tormoz tizimiga o‘xshatdi.

"Biz yana tormozni yoqib, hujayralarni normal vazifasini qayta tiklashimiz mumkin”, — deydi mutaxassislardan biri. Saraton hujayralarida ularning faol bo‘linishi va yomon sifatli o‘smalarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan vazifasi qayta tiklanadi.

Яндекс.Метрика