У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik psixiatr o‘zi ko‘rsatmagan xizmatlar uchun 150 million dollar undirgan

calendar 12.09.2015
936

Sud maslahatchilari AQShning Xyuston shahrida yashovchi psixiatr shifokor Sheron Iglexartni Medicare davlat dasturini hujjatlashtirishdagi 158 million dollarlik firibgarliklarda aybdor deb topdi.

Psixiatr va uning yordamchilari 2006—2012-yillarda qimmat tibbiy xizmatlar ko‘rsatganlik haqida qalbaki hisoblar yozib bergan, aslida esa ular bu xizmatlarni ko‘rsatmagan.

Shifokor uchun jazo muddatini sud dekabrda belgilaydi. Jinoiy sxema sheriklaridan biri 45 yillik, ikkinchisi 40 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

Яндекс.Метрика