У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik rejissyorlar «Pahtakor» haqida hujjatli fil'm ishlashmoqda

calendar 12.08.2016
1600

Amerikalik teleijodkorlar «Pahtakor» klubi va stadioniga tashrif buyurishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti habar berdi. 

Rejissyor Brayn Song va tasvirchi Dada Shikako «Pahtakor» stadioniga tashrif buyurib, «Pahtakor-79» jamoasi va afsonaviy futbolchi Mihail An haqida hujjatli fil'm yaratish uchun zarur tasvirlarni to'plashdi. Futbolchining o'g'li va bugungi kunda «Pahtakor» akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoasini boshqarayotgan Dmitriy An, 1979 yil aviahalokatda vafot etgan murabbiy Idgay Tazetdinovning rafiqasi Alla Tazetdinova, «Pahtakor»  sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan ota-bola Birodar va Azamat Abduraimov ham suratga olish jarayonida ishtirok etib, interv'yu berishdi.

Mehmonlar stadion bilan tanishib, klub tarihi haqida ma`lumotlarga ega bo'lishdi. Interv'yularning asosiy qismi 1979 yilgi halokatda vafot etgan jamoaga qaratildi. Ijodkorlarni akademiya faoliyati yoqimli ajablantirdi. Hujjatli fil'm tayyor bo'lgach, «Pahtakor» klubi rasmiy sayti uni muhlislar e`tiboriga havola qiladi.

Яндекс.Метрика