Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi

Uzoq muddatli sarguzashtlarni xush ko'ruvchi amerikalik sayyohatchi Chak Penington O'zbekistonga uyushtirgan safari va undan so'ng mamlakat to'g'risida paydo bo'lgan ajoyib xotirasini chop etdi. Kun.uz ana shu safar taassurotining o'zbek tiliga tarjima qilingan ko'rinishini sizga havola etadi.

“Mening turli yurtlarga sayohat qilganimni bilgan sayyohlik agentligi xodimi biroz suhbatlashgandan so'ng, O'zbekistonga borishim kerakligini aytib qoldi va men bunga rozi bo'ldim. Sentyabr oyida serquyosh o'lkaga yo'l olgan sayyohlar jamoasi ichida, men yagona amerikalik edim. Ochig'i, boshida bu meni ikkilantirib qo'ydi. ”To'g'ri qaror qabul qildimmi?", deya o'z-o'zimga savol beraverdim.

Aeroportdan tushib kelishim bilan, o'zbek xalqi qandaydir maxsus mehmonni kutib olganday alohida noziklik bilan muomala qilishi - mendagi barcha shubhani yo'q qilib yubordi. O'zbekiston haqida chetda ko'pincha bu joy sayyohlar uchun xavfsiz joy emas, qabilidagi aqidani eshitgandim. Lekin, men bu joyda o'zimni juda-juda xavfsiz his qildim”, deydi sayyoh.

Peningtonni O'zbekistondagi tarixiy-madaniy binolar, hatto yo'lakda qo'l bilan bostirilgan toshlar ham hayratga solganini yozadi.

“Ayrim ko'chalarda aholi gavjum markazlar qayerda ekaniga ishora qiluvchi yo'laklar mavjud. Umuman olib qaraganda, Islom madaniy obidalari bilan zamonaviy uslub uyg'unlashib ketgan. Chilustun binosi haqida eshitgandim, shu zahoti u yerni ham ziyorat qilishga otlandim. Ustun aslida qirqta emas, balki suvdagi aksi bilan hisoblansa shuncha chiqadi”, deb fikr bildirgan u.

O'zbekistonning cho'l-dasht hududlariga tashrif buyurgan sayyoh tuya mingani haqida maroq bilan so'z yuritadi.

“Ochiq osmon ostidagi o'tovda dam olish, buning ustiga gulxan atrofida isinib o'tirish - aynan men orzu qilgan yumushdan biri. Qayga borsam ham mahalliy aholi menga qiziqish bilan qaraydi, yordam berishga, tillashib, birozdan so'ng suratga tushishni istaydi. Ayniqsa, uning xonadonida tekinga ​ mehmon bo'lishingizni iltimos qiladi.

Albatta, barcha turdagi sayyohlar O'zbekistonni birdek sevib qoladi, deya olmayman. Ammo bu yurt tajribali, ko'pni ko'rgan kishi uchun qiziqarli maskan, eng kamida hayotni boshqa nigohda ko'rishni istasangiz O'zbekistonga keling”, deb fikrini yakunlagan u.


Комментарии (0) | Добавить: 22.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi