У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik xonanda Prinsning jasadi krematsiya qilindi

calendar 24.04.2016
942

21-aprel kuni olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prinsning jasadi Minnesota shtatida krematsiya qilindi. Bu haqda marhumning yaqinlari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Krematsiya jarayoni qo‘shiqchining yaqinlari, do‘stlari va sozandalaridan iborat kichik guruh ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qoldiqlar ko‘miladigan manzil sir saqlanmoqda.

56 yoshli Prins Rojers Nelsonning o‘limi sabablari hozirgacha aniqlanmadi. Krematsiyadan oldin patologoanatom jasadni yorib ko‘rgan edi, natijalar bir oy ichida ma’lum bo‘ladi.

Яндекс.Метрика