У нас есть только
оригинальные песни

Amerikalik yigitcha 3D-printer yordamida mo‘jiza yaratmoqda

calendar 12.03.2018
2182

Amerikalik 22 yoshli ixtirochi kuchli korporatsiyalar bilan hamkorlikda ajoyib protezlarni yaratmoqda, deb xabar berdi «Forbes».

Iston LaShapel o‘zining birinchi robotlashtirilgan protezini 14 yoshida yaratgan, sakkiz yildan so‘ng esa zamonaviy texnologik protezlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Unlimited Tomorrow» kompaniyasiga asos soldi.

Bugun uning kompaniyasi «Microsoft», «Dassault Systemes» va «Stratasys» kabi sanoat va texnologik gigantlar bilan hamkorlik qilmoqda va ishlab chiqarishni kengaytirmoqda. «Unlimited Tomorrow» kompaniyasining maqsadi 3D-printerlar yordamida bugungi kunda bozorlarda mavjud protezlardan ancha arzon va inson ehtiyojlariga ideal darajada mos tushuvchi robotlashtirilgan protezlarni yaratishdan iborat.

Bu shunchaki protez emas. «Stratasys» kompaniyasining 3D-printerlarida qo‘llanuvchi «PolyJet» texnologiyasi «Unlimited Tomorrow»ga inson terisi rangini beruvchi robotlashtirilgan qo‘llarni yaratish imkonini beradi. Bu qo‘llarda manikyur qilish mumkin bo‘lgan magnitli «tirnoqlar» ham mavjud. Bunday qo‘llarni masofadan turib quvvatlash mumkin.

 

Яндекс.Метрика