У нас есть только
оригинальные песни

Amira Alibekovadan yangi videoklip tez kunda

calendar 31.10.2015
2110

Yaqindagina radioto'lqinlar orqali yangi "Netay” nomli taronasini taqdim etgan Amira Alibekova mazkur qo'shig'iga videoklip suratga oldirdi. Mahoratli klipmeyker Timur Primkulov rejissyorligida tasvirga tushirilgan video asar muxlislar uchun kutilmagan ijod mahsuli bo'lishi kutilmoqda. Amira Alibekovadan yangi videoklip tez kunda Syujet janridagi mazkur klip "Botanika” bog'ida, Chorvoq tog'-yon bag'rilarida hamda poytaxtimizda joylashgan pavilonlardan birida suratga olindi. Tasvirga tushirish ishlari ikki kun davom etdi. Videoklipda Amira bir nechta obrazlarda namoyon bo'ladi. Amira Alibekovadan yangi videoklip tez kunda Eslatib o'tamiz, Qo'shiqning so'zi Nodir Azimovning qalamiga mansub. Musiqasi esa Najot Agzamov tomonidan bastalangan. Aranjirovkasi ustida Jasur Abdurahmonov hamda Serj Marshel ish olib borgan.  

Яндекс.Метрика