Andijon va Farg‘onada ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi

Andijon viloyatida ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezident sovg‘asi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Baliqchi tumanida yashovchi Azizbek Toshtanov, Paxtaobod tumani Soybo‘yi mahallasidan Munosibxon Xoldinova, jalaquduqlik Umidjon Dehqonov, Buloqboshi tumanida yashovchi Irodaxon Hamdamova, paxtaobodlik Adolatxon Abdurahmonova, marhamatlik Shahnoza Adhamova, shahrixonlik Ozodbek Xudoyberdiyev, ulug‘norlik Gulnora Hamdamova, qo‘rg‘ontepalik Nargiza Qurbonova, Husan Sodiqovlarga Prezident sovg‘asi — yangi uylar kalitlari topshirildi, tadbirlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Shuningdek, Farg‘ona shahrida 54 oilaga mo‘ljallangan uy-joy foydalanishga topshirildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqqan

Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sayyora Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda bo‘sh turgan binolar qayta ta’mirlanib, uy-joyga muhtoj oilalarga berilmoqda. “Joriy yilning o‘tgan davrida bo‘sh turgan 2 bino ta’mirdan chiqarilib, 108 oilaga berildi”, — deydi Sayyora Alimova.


Комментарии (0) | Добавить: 13.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]