У нас есть только
оригинальные песни

Andijonda 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi

calendar 09.12.2017
938

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida Andijon shahridagi Mustaqillik ko‘chasida 45 xonadondan iborat yoshlar uyi foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Art uz gold servis” MChJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan ushbu 5 qavatli uy alohida isitish tizimiga ega. Uy oldida zamonaviy bolalar maydonchasi qurilgan.

“Uylarning uzoq muddatli imtiyozli bank krediti asosida berilgani yosh oilalarga katta qulaylik yaratdi”, — deb yozadi O‘zA.

Яндекс.Метрика