У нас есть только
оригинальные песни

Andijonda poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib ketdi

calendar 19.07.2018
1725

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 18-iyul, chorshanba kuni voyaga yetmagan o‘smir bilan bog‘liq fojia yuz berdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri ma’lum qildi.

Tuman hududida poyezd temir yo‘l relsida o‘tirgan bolani bosib o‘tib ketgan. Guvohlarning aytishicha, o‘smirning qulog‘ida naushnik bo‘lgan.

Mazkur hodisa haqida hozircha rasman xabar berilmadi.

Яндекс.Метрика