У нас есть только
оригинальные песни

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi

calendar 06.11.2015
1503

Google’ning Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi — Android 6.0 Marshmallow’da o‘zbek tili mavjud.

Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, chunonchi:

  • dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
  • ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi "Bezovta qilmang” rejimi paydo bo‘ldi;
  • smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi.
Яндекс.Метрика