У нас есть только
оригинальные песни

Android foydalanuvchilarida Google Play yangi dizaynga o‘ta boshladi

calendar 18.10.2015
1852

Android foydalanuvchilarining bir qismida Google Play dasturlar do‘koni dizayni o‘zgardi, deya xabar bermoqda TJournal.

Foydalanuvchilarning qancha foizi yangilanmaga ega bo‘lgani va yangi dizaynni yoqish uchun nima qilish kerakligi aniq emas.

Yangi versiyada avval mavjud bo‘lgan barcha kategoriyalar ikkita: "Dasturlar va o‘yinlar” hamda "Ko‘ngilochar” bo‘limlariga birlashtirilgan. Ikkinchisiga musiqa, kino va kitoblar kiritilgan.

Kategoriyalarga do‘konning yon menyusidan ham kirish mumkin bo‘ldi. Shuningdek, "varaqlash” chog‘ida animatsiyalar paydo bo‘ldi: ular orqali saralangan mavzular ko‘rsatiladigan gorizontal vitrina ochiladi.

Google vakillari hozircha o‘zgarishlar haqida rasman e’lon qilganicha yo‘q. TechCrunch taxmin qilishicha, Google Play’ning yangi versiyasi ko‘p sonli foydalanuvchilarda paydo bo‘lgachgina, anonsni kutish mumkin.

Яндекс.Метрика