Android’ning ko‘pchilik bilmaydigan 8 ta maxfiy funksiyasi

AdMe Android operatsion tizimining sakkizta eng qiziqarli funksiyalarini ma’lum qildi.

Energiyani tejashning eng oson usuli

O‘z Android-qurilmangiz uchun ish stoli sifatida qora yoki boshqa to‘q rangli fonni o‘rnatsangiz, piksellarni avtomatik tarzda yoritish o‘chadi va qurilmaning quvvati uzoqroq vaqtga yetadigan bo‘ladi.

Matnning ovozli o‘qilishi

Buning uchun sozlamalardagi “Maxsus imkoniyatlar” bo‘limiga kirib, matnni ovozli o‘qish funksiyasini yoqing.

Smartfonni masofadan boshqarish

Menyu orqali “Sozlamalar→Xavfsizlik→Qurilmalar administratorlari”ga kiring va “Android’ni masofadan boshqarish” bo‘limida “Qurilmani masofadan qidirish” bandini yoqing. Endi siz smartfoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, barcha ma’lumotlarni qayta tiklab, uni bloklab qo‘yishni mana bu sayt orqali amalga oshirishingiz mumkin.

“Mehmon rejimi”ni yoqish

O‘z telefoningizni vaqtinchalik boshqa odamga berib turganingizda, barcha shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlamoqchi bo‘lsangiz, “Mehmon rejimi”dan foydalaning: displey tepasidan pastga ikkita barmog‘ingizni yurgizing  va ochilgan tezkor sozlamalar oynasida foydalanuvchi ikonkasini bosing, u yuqori o‘ng burchakda joylashgan. Shunda “Mehmonni qo‘shish” funksiyasi paydo bo‘ladi va siz bu odam qurilmada qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkinligini tanlaysiz.

Ekran lupasi

“Sozlamalar→Maxsus imkoniyatlar→Kattalashtirish harakatlari” bo‘limiga o‘ting. Endi siz displeyning istalgan qismini, uni shunchaki bosish orqali, kattalashtirishingiz mumkin.

Modem rejimi

Sozlamalardagi “Simsiz tarmoqlar” bo‘limida “Xot-spot”ni tanlang va “WLAN nuqtasi” bandini yoqing.

Smartfonni bosh harakati bilan boshqarish

Buning uchun EVA Facial Mouse bepul dasturini o‘rnatsangiz, kifoya!

Yashirin o‘yin

Android 2.3 Gingerbread versiyasidan boshlab, Google barcha Android-qurilmalarga kichik sovg‘achani o‘rnatmoqda. Uni topish uchun menyudagi “Sozlamalar→Telefon haqida (yoki planshet haqida)”ni tanlab, “Android versiyasi” bandini bir necha marta tez-tez bosing, ekranda kichik marshmellou zefiri paydo bo‘lgach, uni tezlikda yana bir necha marta bosing. Shunda maxsus mini-o‘yin ochiladi.


Комментарии (1) | Добавить: 27.01.2017
1. Baxtiyorbeknew (27.01.2017 15:12)
yasha bo'larkanu
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Koinotdagi eng qorong‘i sayyora aniqlandi
Muammoni kim hal etadi yoki piyodalar huquqlarining buzilishi nimalarga sabab bo‘lmoqda?
Prezident Xorazmda yig'ilish o'tkazdi. Viloyat hokimi o'rinbosarlari va bir tuman hokimi ishdan olindi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga yangi rahbar tayinlandi
O'zbekistonning boshqa shaharlarida ham jamoat transportida yo'lkira narxi oshadi
O‘zbekiston Moliya vazirligi ish haqlarining vaqtida to‘lanishi yuzasidan so‘rov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi
Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi
Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?
O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Tojikiston O‘zbekistonga shimoliy yo‘nalishda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
Хонанда Умидахон турмушга чиқяпти. Куёв ким?
Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi
Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi
Alisher Usmonovning jiyani Ganya milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi
Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
“Zuvola” asl qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi