У нас есть только
оригинальные песни

Android’ning yangi versiyasi chiqadigan sana ma`lum qilindi

calendar 13.10.2016
1296

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasi – 7.1’ning beta-sinovdan o'tkazishni boshlashini e`lon qildi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Deyv Berk Android Developers blogida ma`lum qildi. 

Operatsion tizimning Developer Preview yangilanishi 2016 yil oktabr oxirida dasturchilar uchun taqdim qilinadi. Operatsion tizimning yakuniy versiyasi dekabr boshida chiqariladi. Uni birinchi bo'lib Nexus 5X, 6P va Pixel C smartfonlari egalari olishadi, Nexus 6, 9 va Player uchun esa ke  yinroq paydo bo'ladi.

Yangi Pixel va Pixel XL "guglofonlari" Android 7.1 operatsion tizimi bilan taqdim qilinadi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar smartfonlari esa operatsion tizimni keyinroq oladi. 

Android 7.1’da iOS operatsion tizimidagi 3D Touch’ga o'xshash dastur paydo bo'ladi va dasturchilar dasturning ikonkasiga bosganda "suzib chiquvchi" menyu qo'sha olishadi. Shuningdek, dasturchilar qurilma xotirasini optimallashtirish va keraksiz fayllarni o'chirishga imkon beruvchi Storage manager Intent dasturini taqdim qilishdi. 

Oktyabr boshida Google San-Frantsiskoda ikkita yangi smartfoni: Pixel va Pixel XL’ni namoyish qildi. Kompaniyaning ta`kidlashicha, bu telefonlar bozordagi eng yaxshi kameralarga ega.  

Яндекс.Метрика