Google kompaniyasi AndroidPay to'lov tizimini AQShda 26 avgustdan ishga tushirmoqchi. Bu haqda Android Police nashri xabar bermoqda.
Bu haqda rasmiy axborot berilmagan. Biroq tizimning ishga tushirilishi sanasi haqida McDonald's tamaddixonalar tarmog'i xodimlari bergan ma'lumotlardan ma'lum bo'lgan. Ularga 26 avgustdan Android Pay orqali to'lovlarni qabul qilishga tayyor turishlari uqdirilgan. Yo'riqnomada ko'rsatilishicha, McDonald's xodimlari Apple Pay’dek amallarni bajarishlari lozim. Google odatda yirik yangiliklarni chorshanba kuni chop etishi ham Android Pay 26 avgustdan ishga tushirilishi foydasiga gapirmoqda.
Android Pay tizimi Apple Pay kabi o'zidan ma'lumotlarni uzatish NFC texnologiyasi yordamida to'lov terminallari bilan ishlovchi virtual bank hisob raqamini aks ettiradi.