У нас есть только
оригинальные песни

Android uchun batareya quvvatini tejaydigan besh sifatli dastur

calendar 20.05.2016
2696

Smartfonlarning batareyalari ilgarigi muqobillaridan ko‘ra ancha katta sig‘imga egadir. Ammo mobil protsessorlar ham rivojlanmoqda, shu bois hatto takomillashgan akkumulyatorlar ham o‘sib borayotgan yuklamani arang eplamoqda. Bu masalani qisman hal etishda gadjetning ishlash vaqtini uzaytiruvchi dasturlardan foydalansa bo‘ladi.

Amplify Battery Extender

Android operatsion tizimining har bir tajribali foydalanuvchisi biladiki, telefon yoxud boshqa gadjetda qandaydir vazifa bajarilmayotgan paytda ham fon rejimida o‘nlab turli dasturlar ishlab turishi mumkin. Amplify ushbu “sirli hayot”ga nigoh tashlab, tartib o‘rnatishga yordam beradi. U orqali protsessor uyg‘onishi chastotasi va muddatini boshqarish, eng ko‘p quvvat yeydigan dasturlarning avtomatik tarzda ishga tushirilishini taqiqlash, keraksiz tizim servislarini bloklab qo‘yish mumkin.

Dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun superfoydalanuvchi huquqi hamda Xposed Framework kerak bo‘ladi.

Battery Saver

Bu dastur Android’ning eng mashhur benchmarki yaratuvchisi bo‘lgan AnTuTu kompaniyasi tarafidan ishlab chiqilgan. Boshqa dasturlardan farqli ravishda, Battery Saver quvvat saqlashning boshqacharoq yo‘lini taklif etadi: protsessor chastotasini cheklash hisobiga. Foydalanuvchidan gadjet “hayot”ini necha daqiqaga uzaytirishni istashini yozish talab etiladi, shundan so‘ng dastur protsessor chastotasini kerakli darajagacha tushiradi.

Greenify

Bu dastur yaratuvchilari gadjetda o‘rnatilgan boshqa dasturlarni “muzlatib”, energiya iste’molini to‘xtatadigan original texnologiyani o‘ylab topdi. Bunda dasturlar ishchi holatda qolaveradi va har doim tegishlicha qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi, bu jarayonni TitaniumBackup dasturi yordamida “muzlatish”dan ajratib turadi.

Dastur ishlashi uchun superfoydalanuvchi huquqi bo‘lishi lozim.

GSam Battery Monitor

GSam Battery Monitor yordamida batareya quvvati sarfi ustidan mutlaq nazorat o‘rnatish mumkin. Bu dastur energiya sarflovchi barcha dasturlar va funksiyalar haqida to‘liq axborot taqdim etadi va shu asosda chora ko‘rishda qo‘l keladi. O‘z-o‘zicha dastur quvvat tejay olmaydi, ammo u to‘plagan ma’lumot bunda asqatadi.

Servicely (root only)

Servicely doimiy ravishda protsessorni uyg‘otib, batareya quvvatini bejizga isrof qiladigan fon dasturlarini boshqarish imkonini beradi. Dastur fon rejimida ishlaydi va o‘rnatilgan muddatlarda ishlab turgan jarayon va servislarni tekshirib turadi. Ular orasida foydalanuvchi tomonidan bloklash ro‘yxatiga kiritilganlari bo‘lsa, darhol o‘chiradi. Jarayonlarni boshqara olishi uchun dasturga root taqdim etishga to‘g‘ri keladi.

Яндекс.Метрика