У нас есть только
оригинальные песни

Angliyada jahondagi eng ingichka minora foydalanishga topshiriladi

calendar 02.03.2016
1782

Minoraning bo‘yi 162 metrni, eni esa 3,9 metrni tashkil qiladi. i360 nomli inshootning ochilishi shu yilning yozida Buyuk Britaniyaning Brayton shahrida bo‘lib o‘tadi.

Loyiha bosh muhandisi Jon Robertsning so‘zlariga qaraganda, balandlik va kenglik mutanosibligi jihatidan yangi minora Londondagi The Shard va BT Tower inshootlaridan o‘tib ketadi. Jumladan, The Shard’da bu mutanosiblik oltiga birni tashkil qilsa, i360’da sakkizga birga teng.

Minoraning 94 tonnali bo‘lmasi umumiy og‘irligi 16 tonnagacha bo‘lgan 200 kishini ko‘tara oladi. Shuningdek, minora soatiga 161 kilometr tezlikdagi shamollarga ham dosh bera oladi.

i360 tomoshabinlari 137 metr balandlikkacha ko‘tarilib, Sasseks sohili manzaralarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Яндекс.Метрика