У нас есть только
оригинальные песни

Angliyada Mirziyoyevning nutqi nashr qilindi

calendar 21.08.2017
2731

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusiga bag'ishlangan anjumanda (Toshkent, 2017 yil 15 iyun) so'zlagan nutqida tilga olingan g'oya va fikr-mulohazalar xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish uyg'otdi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat rahbarining mazkur nutqi xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy-akademik va ekspert-tahlil doiralari o'rtasida arab va ingliz tillarida keng tarqatilgani bunga ko'p jihatdan ko'maklashdi. Bu haqda “O'zbekiston24” telekanali sayti xabar bermoqda.

O'tgan davr mobaynida J.Vashington nomidagi universitet (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), T'ubingen, Osnabr'uk, M'unster, Frankfurtdagi G'ote universitetlari huzuridagi islom dinshunosligi tadqiqotlari markazlari va institutlarida (Germaniya), Jamiya Milliya Islamiya universiteti (Hindiston), Kuvayt universiteti, Malayziya Islom ilmiy universiteti hamda Islomobodda joylashgan Islom hamkorligi tashkilotining Ilm-fan va texnologiyalar bo'yicha doimiy qo'mitasida 200 nafardan ziyod ekspert va mutaxassislar ishtirokida ushbu mavzuga doir 20 ta brifing va seminarlar bo'lib o'tdi.

Tahlil va tadqiqot doiralari vakillaridan iborat bo'lgan mazkur tadbirlarning ishtirokchilari O'zbekistonda islom dini sofligini saqlash, milliy qadriyatlarni qayta tiklash, buyuk ajdodlar xotirasini hurmat qilish va ular qoldirgan bebaho merosni avaylab-asrash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo bo'yicha Kembrij forumi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent anjumanidagi mazkur nutqi maxsus risola shaklida ham chop etildi. Unga Markaziy Osiyo bo'yicha Kembrij forumining raisi, professor Sidxart Saksena so'zboshi yozgan. Olimning qayd etishicha, mazkur risola Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan tadqiqotchilar, insoniyat oldida turgan zamonaviy ijtimoiy va diniy xavf-xatarlar hal etilishi yo'llarini tadqiq etish bilan shug'ullanayotgan mutaxassislar uchun bebaho manba bo'lib xizmat qiladi.

Яндекс.Метрика