У нас есть только
оригинальные песни

Anjelina Joli “halokatli xastalik”ka chalingani haqidagi mish-mishlardan so‘ng uning ilk suratlari paydo bo‘ldi

calendar 27.04.2016
1699

Anjelina Jolining “halokatli xastalik”ka chalingani haqidagi xabarlar tarqalgandan bir oy o‘tib, ijtimoiy tarmoqda uning ilk suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

2016-yilning mart oyida Amerikaning National Enquirer nashri aktrisa Anjelina Joli saraton va vazn yo‘qotishdan o‘layotganligi haqidagi maqola chop etgan edi. O‘shanda Joli 35 kilogrammga ozib ketganligi va ovqat yemayotganligi ma’lum qilingan edi.

Paydo bo‘lgan suratlarda Anjelina qizlari bilan London markazidagi bolalar do‘konidan chiqayotganligi aks etgan. Unda aktrisaning ko‘rinishi bir oy avvalgidan sezilarli darajada yaxshi bo‘lib, o‘lim tashxisini shubhaga qo‘yadi.

Endilikda G‘arb OAVlari yaqin vaqt ichida Joli oilasi bilan doimiy yashash uchun Londonga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilmoqda.

Яндекс.Метрика