У нас есть только
оригинальные песни

Anjelina Joli haqida nohush xabarlar

calendar 19.09.2015
4579
Chet el gazetalari «Anjelina Joli xavf ostida», «Anjelina Joli sekin-asta jon bermoqda» sarlavhalari ostida maqolalar yozishmoqda. Bir necha yil oldin aktrisa anoreksiya oqibatida azob chekayotgan edi lekin uning hozirgi ozg’in ko’rinishi parhezning natijasi emas. Ko’p bolalik mehribon ona qandaydir jiddiy kasallikni sir saqlamoqda. Hatto xorij matbuoti ham bu haqida ishonch bilan e’tirof etmoqda. Anjelina Jolini do’konlar bo’ylab xarid qilib yurganini ko’rgan guvohlari uning tashqi ko’rinishi ancha ayanchli ahvoldaligini va nihoyatda ozib ketganini ta’kidlashdi. Bu masala aktrisani oilaviy nasl surib kelayotgan saraton xastaligiga chalinganini ko’rsatmoqda, garchi u bu kasallikni oldini olish uchun bir necha operatsiyalarni boshidan o’tkazganiga qaramay. Hozirda aktrisa immun tizimini tiklash uchun turli usullarni izlamoqda.
Яндекс.Метрика