У нас есть только
оригинальные песни

Anjelina Joli va Bred Pitt birga o‘ynagan yangi film lavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi

calendar 09.08.2015
1659

Anjelina Joli va Bred Pitt bosh rollarni ijro etgan "Lojuvard qirg‘oq” (By the Sea)  filmining ilk videolavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi. Filmda Joli rejissor, ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ham ishtirok etgan. 

Filmda o‘tgan asrning 70-yillarida Fransiya bo‘ylab sayohat qilayotgan sobiq raqqosa va yozuvchi haqida hikoya qilinadi. Juftlik o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi va ular bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Biroq shaharlardan birida yangi turmush qurgan kelin-kuyov bilan tanishuv munosabatlariga boshqacha nigoh  bilan qarashga majbur etadi.

Eslatib o‘tamiz, Bred va  Anjelina 2004-yilda suratga olingan "Janob va xonim Smit” filmidan beri ekranlarda birga ko‘rinmagan edi. Yangi film  taqdimoti 13-noyabrga mo‘ljallangan.

Яндекс.Метрика