У нас есть только
оригинальные песни

Anjelina Joli va Bred Pitt Turkiyada villa sotib oldi

calendar 12.11.2015
1817

Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pittning AQSh va Fransiyadagi ko‘chmas mulklari qatori yana bir obyekt bilan boyidi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Er-xotin Turkiyaning Urla shahrida dengiz sohilidagi villani sotib oldi.

Shu yil yozda Joli va Pitt olti farzandi bilan Turkiyaga tashrif buyurgandi. Turkiya OAVlari yozishicha, aktyorlarga bu yerda dam olish shunchalik yoqib tushganki, ular ushbu hududdan uy sotib olishga qaror qilgan.

Sohilbo‘yi villasi Joli va Pittga 2,7 million dollarga tushdi. U to‘rt qavatli dang‘illama hovli bo‘lib, alohida basseyni va trenajyor zali bor.

Яндекс.Метрика