У нас есть только
оригинальные песни

Anjelina Joli Yekaterina II haqidagi filmda bosh rolni ijro etadi

calendar 05.07.2015
1387

Amerikalik aktrisa Anjelina Joli Rossiya imperator ayoli Yekaterina II va graf Potyomkin o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi filmda bosh rolni ijro etadi. 
Aktrisa britaniyalik tarixchi Saymon Sebag Montefiorening Buyuk Yekaterina haqidagi asari asosida film suratga olish huquqini sotib olgan.

"Anjelina aynan mening kitobimni tanlaganidan xursandman, chunki bu mening birinchi asarim. Yekaterina — juda feministik qahramon”, — deya qayd etdi tarixchi.

Montefiorening ishonch bilan qo‘shimcha qilishicha, Anjelina Joli Yekaterina rolini ijro etishni qoyilmaqom tarzda uddalaydi.
Яндекс.Метрика