У нас есть только
оригинальные песни

Anons. O'zMTRK telekanallarida Ahmadboy haqida batafsil ko'rsatuvlar efirga uzatiladi

calendar 29.06.2016
3122

O'zMTRK «O'zbekiston», «Yoshlar» va «Toshkent» telekanallarida 30 iyun kuni xalq orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboevning noqonuniy faoliyati haqida batafsil ko'rsatuvlar efirga uzatiladi.

Ma'lum qilinishicha, shu kuni soat 18:00da «O'zbekiston» telekanalida, soat 19:20da «Toshkent» telekanalida, soat 20:20da «Yoshlar» telekanalida  Ahmadjon Tursunboevning noqonuniy faoliyati haqida efirga uzatiladigan ko'rsatuvlarda batafsil ma'lumotlar beriladi.

Ko'rsatuvda Ahmadjon Tursunboevning so'roq qilinish jarayoni ham ko'rsatiladi.

Ahmadjon Tursunboev ikki barobar qilib qaytarish va'dasi bilan aholidan ko'p miqdorda naqd milliy va xorijiy valyuta olgan, avtomobillar va qimmatbaho buyumlarni qonunga zid ravishda qabul qilib olgan.

Яндекс.Метрика