У нас есть только
оригинальные песни

Anonymous xakerlari 97 ta yapon saytiga zarba berdi

calendar 20.12.2015
1444

So'nggi paytlarda Anonymous xalqaro xakerlar guruhi a'zolari yapon saytlariga, jumladan, yapon hukumati saytlariga bir qator hujumlar uyushtirmoqda. Bu haqda 20 dekabr kuni mamlakat milliy politsiya boshqarmasi ma'lum qilgan.

NHK telekanali bergan ma'lumotga ko'ra, Anonymous kiberhujumchilari sentyabr oyidan beri amalga oshirib kelingan 97 ta jinoyatni o'z bo'yniga olgan. Ularni nishoniga turli saytlar: hukumat, aeroport, OAV, shuningdek, okeanirium va kit ovlash bilan bog'liq portallar aylangan.

10 dekabr kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening rasmiy hukumat sayti umuman ishlamadi. OAVning bayon qilishicha, buning sababi xakerlar hujumi bo'lishi mumkin. Bu ma'lumotni keyinroq Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ham tasdiqlagandi.

Яндекс.Метрика