Anqarada isyon vaqtida qurbon bo'lganlar uchun o'rnatilgan yodgorlik ochildi

Turkiyada 2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi yuz bergan davlat to'ntarishiga bir yil to'lgan kun birodarlik va birlik kuni sifatida keng miqyosda nishonlanmoqda. 2017 yil 15 iyulda Istanbulda prezident Rajab Toyyib Erdo'g'on davlat to'ntarishiga urinish vaqtida egallab olingan ko'prik yaqinida chiqish qildi va 15 iyul voqealari qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan yodgorlikni ochib berdi.

«Jafokashlar memoriali» nomidagi ushbu yodgorlik prezident saroyi ro'parasida o'rnatilgan.

Turkiyada 2016 yilning 15 iyuli oqshomida harbiylar davlat to'ntarishi amalga oshirmoqchi bo'lishgandi. Isyon vaqtida to'qnashuvlar vaqtida kamida 265 kishi halok bo'lgan, 1500 kishi jarohatlangan.

Isyon xalq prezidentni qo'llab ko'chalarga chiqishi evaziga bostirilgandi. Isyonning asosiy tashkilotchisi - muxolifatchi Fathulloh Gulen ekani aytilgan. 

Isyondan keyin 6 ming kishi — zobitlar, jurnalistlar va sudyalar qamoqqa tashlangan, hukumat mamlakatda favqulodda holat joriy etgan.


Комментарии (0) | Добавить: 16.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]