У нас есть только
оригинальные песни

Antarktidada pingvinlar o'lkasi kashf qilindi

calendar 05.03.2018
785

Xalqaro olimlar guruhi Antarktidaning kam o'rganilgan hududida Adeli pingvinlarining ko'p sonli koloniyasini kashf qildi. Cheklangan hududda 1,5 millionga yaqin  pingvin borligi aniqlandi. Scientific Reports ilmiy jurnalida yangi tadqiqot natijalari taqdim etildi.

Biologlar bu joyni materik bo'ylab pingvinlar migratsiyasi yo'llarini kuzatish davomida aniqlashdi. Populyatsiya Deynjyer orollariga joylashdi. Olimlarga ularning "iziga tushish" uchun kosmosdan olingan suratlar yordam berdi.

Jami 750 mingdan ortiq pingvin uyi topildi. Unga qadar esa olimlar bu yerlarda pingvinlar soni besh baravarga kam ekaniga ishonchlari komil edi. 

Yangi hisob-kitoblarga ko'ra, bu turdagi jami pingvinlarning 55 foizi Deynjyer orollarida yashaydi.

Tadqiqot mualliflari iqlim o'zgarishlari qayd etilgan taqdirda bu hududni muhofaza qilish muhimligini ta`kidlashmoqda. 

Яндекс.Метрика