У нас есть только
оригинальные песни

Antarktidada yaxshi saqlanib qolgan 106 yillik shirinlik topildi

calendar 11.08.2017
1386

10 avgustda Antarktidadagi Ader burnida 106 yillik shirinlik topildi. Ma`lum qilinishicha, shirinlik Britaniyaning Huntley&Palmers qandolatchilik firmasining mevali keksi bo'lib chiqqan. U qalaydan ishlangan quti ichida qog'ozda o'ralgan holda bo'lgan.

“Bunday ajoyib saqlanib qolgan keksni topish kutilmagan holatdir. U Antarktika sharoitlari uchun ideal yuqori energetik oziqa bo'lib, hanuzgacha zamonaviy ekspeditsiyalarning sevimli shirinligi bo'lib qolmoqda”, deb aytgan tadqiqotchilar guruhi rahbari Lizzi Mik.

Olimlarning aytishicha, shirinlik ishtirokchilari Ader burnida yashagan “Terra Nova” ekspeditsiyasi oziq-ovqatining bir qismi bo'lgan.

 

Яндекс.Метрика