У нас есть только
оригинальные песни

Antarktikadan ikkita katta muz bo‘lagi sinib tushdi

calendar 15.04.2016
1518

Antarktikadagi Nansen muz shelfidan ikkita katta muz bo‘lagi sinib tushdi. Bir juft ulkan aysberg ayni paytda Rossa dengizida shimoli-sharqqa qarab suzmoqda. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi saytida aytiladi.

Dengizga tushib ketgan hududning umumiy maydoni 25,87 kvadrat kilometrni tashkil etdi. Aysberglardan har birining ko‘ndalang o‘lchamlari besh kilometrga, uzunligi esa 10 va 20 kilometrga yetadi. Ularning qalinligi 250—270 metr atrofida.

Aysberglar dengizchilik yo‘nalishlari hamda Terra Nova ko‘rfazida joylashgan Italiya va Janubiy Koreya ilmiy stansiyalari uchun bevosita xavf tug‘dirmaydi. Ammo ular Italiya Milliy Antarktika dasturi doirasida, shuningdek, yangi zelandiyalik olimlar tomonidan foydalaniladigan prichallar uchun potensial tarzda xavfli bo‘lishi mumkin.

Tabiiy hodisa 7-aprel kuni kosmik yo‘ldoshlar tomonidan qayd etilgan. 6-aprelda muz bo‘laklari sinib tushishiga olib kelgan yoriq 40 km uzunlikka yetgan.

Яндекс.Метрика