У нас есть только
оригинальные песни

APL. London klublari uchun atalgan tur. “Chelchi, “Arsenal”, “Tottenhem” va “Vest Hem” — barchasidan yirik g‘alaba

calendar 15.01.2017
950

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida 21-tur doirasida 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi va bu o‘yinlarda London klublari yirik g‘alabalarni tantana qildi.

Mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmagan “Vest Hem” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qildi va yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuv London derbisi bo‘lgani vajidan aytish kerak: mazkur shaharning faqatgina Sem Ellardays boshqarib boradigan jamoasi imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ligada peshqadam bo‘lib turgan “Chelsi” o‘tgan tur “Tottenhem”ga imkoniyatni boy bergan va 13 ta turdan buyon davom etib kelayotgan g‘alabali seriyasiga yakun yasagandi. Antonio Konte jamoasi bu safar mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” maydoniga safar etdi va ispaniyalik futbolchilar tomonidan urilgan gollar evaziga muvaffaqiyat qozondi.

Angliya Premyer-ligasi
21-tur bellashuvlari
14-yanvar, shanba

“Tottenhem” — “Vest Bromvich” 4:0

Gollar: Harri Keyn, 12 (1:0). Garet Makoli, 26-avt (2:0). Harri Keyn, 77 (3:0). Harri Keyn, 82 (4:0).

“Byornli” — “Sautgempton” 1:0

Gol: Joui Barton, 78 (1:0).

“Vest Hem” — “Kristal Pelas” 3:0

Gollar: Sofian Feguli, 68 (1:0). Endryu Kerroll, 79 (2:0). Manuel Lansini, 86 (3:0).

“Sanderlend” — “Stok Siti” 1:3

Gollar: Marko Arnautovich, 15 (0:1). Marko Arnautovich, 22 (0:2). Piter Krauch, 34 (0:3). Jermeyn Defo, 40 (1:3).

“Suonsi” — “Arsenal” 0:4

Gollar: Olivye Jiru, 37 (0:1). Jek Kork, 54-avt (0:2). Kayl Noton, 67-avt (0:3). Aleksis Sanches, 74 (0:4).

“Uotford” — “Midlsbro” 0:0

“Xall Siti” — “Bornmut” 3:1

Gollar: Junior Stanislas, 3-pen (0:1). Abel Ernandes, 32 (1:1). Abel Ernandes, 50 (2:1). Tayron Mings, 62-avt (3:1).

“Lester” — “Chelsi” 0:3

Gollar: Markos Alonso, 6 (0:1). Markos Alonso, 51 (0:2). Pedro, 71 (0:3).

15-yanvar, yakshanba
“Everton” — “Manchester Siti”
“Manchester Yunayted” — “Liverpul”

Яндекс.Метрика