У нас есть только
оригинальные песни

Apple “53-xato” tufayli telefonlari qulflanib qolgan mijozlardan uzr so‘radi

calendar 20.02.2016
1282

Apple korporatsiyasi iOS 9.2.1 operatsion dasturining tuzatilgan versiyasini chiqardi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “Vedomosti” yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 6’ning yangilangan operatsion dasturida error 53 (“53-xato”) nomini olgan bir nuqson bo‘lgan: smartfon boshqa servisda ta’mirlanganida uskuna qulfga tushib qolgan.

Korporatsiyaning rasmiy saytida bunday muammoga duch kelgan foydalanuvchilar uchun yo‘l-yo‘riq berilgan ko‘rsatmalar chop etildi. Shunda ham telefoni ochilmaganlarga esa xizmat ko‘rsatish nuqtalariga murojaat etish tavsiya qilindi.

Яндекс.Метрика