У нас есть только
оригинальные песни

Apple aksiyalari narxi yarim soat ichida 7,5 foizga arzonlashdi

calendar 28.04.2016
957

Apple texnologik korporatsiyasining NASDAQ birjasidagi kapitalizatsiyasi sotuvlar ochilishi bilan yarim soat ichida 7,5 foizga, 526 milliard dollargacha tushib ketdi. Bu haqda “RBK” ma’lumot berdi.

Sotuvlar yopilishida korporatsiyaning NASDAQ’dagi kapitalizatsiyasi biroz ko‘tarilib, 538 milliard dollarga yetdi.

Kompaniyaning joriy moliyaviy yil ikkinchi choragi hisobotida 13 yildan buyon birinchi marta tushum kamaygani xabar qilindi. Bu aksiyalar bahosiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi.

Korporatsiyaning choraklik tushumi qariyb 13 foizga kamayib, 58 milliard dollardan 50,6 milliard dollarga tushdi. Sof daromad 13,6 milliard dollardan 10,5 milliard dollarga tushdi. Tahlilchilar tushum 52 milliard dollargacha, sof daromad esa bitta aksiyaga hisoblaganda 2 dollarga arzonlashishini bashorat qilgan edi.

Apple moliyaviy ko‘rsatkichlarining tushishi xaridorlarning arzonroq mahsulotlarga diqqat qarata boshlashi, donabay savdoning kamayishi, asosiy bozorlardagi tanglik bilan bog‘liq. Ikkinchi chorak davomida kompaniya 51,2 million dona smartfon sotdi, o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi esa 61,2 million donaga teng edi. Planshetlar sotilishi 10,2 million donaga, Mac kompyuterlarining sotilishi esa 4 million donaga qisqardi. Xitoy bozoridagi tushish 26 foizni, AQSh bozoridagi tushish 10 foizni tashkil qildi.

Яндекс.Метрика