У нас есть только
оригинальные песни

Apple “aqlli” uzukka patent oldi

calendar 02.10.2015
1174

Apple kompaniyasi "aqlli” uzuk uchun patent arizasini topshirdi. Bu haqda The Verge xabar qildi.
Texnologik yangilik tavsifida keltirilishicha, qurilma "aqlli” soatlar singari smartfonga ulangan holda ishlaydi.
Uzuk sensor panel yoki sensorli ekranga ega bo'lib, taktil aloqa – foydalanuvchini xabarlar kelgani haqida barmoqlarga kichik zarbachalar berib ogohlantiruvchi tizimga ega bo'ladi. Shuningdek, uzukda ovozlarni xabarlarni yozib oluvchi mikrofon ham joylashtiriladi. Qurilmaga qo'lning yozish harakatlarini his etish imkoniyatini jo qilish ham Apple rejalarida bor.
"Aqlli” uzukning shu kabi xususiyatlari patent arizasida keltirilgan bo'lib, bu kelgusida Apple rejalari o'zgarishi mumkinligidan dalolat beradi.
Яндекс.Метрика