У нас есть только
оригинальные песни

Apple avtomobili Germaniyadagi “maxfiy laboratoriya”da ishlab chiqilmoqda

calendar 21.04.2016
1055

Apple kompaniyasi Berlin markazida “maxfiy laboratoriya” ochdi, u yerda u o‘zining ilk avtomobilini ishlab chiqishda davom etadi, deb yozadi Motor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashina 2020-yilgacha tayyor bo‘ladi, uni ishlab chiqarish esa Avstriyaning Magna Steyr korporatsiyasida yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni paytda Berlindagi ishlab chiquvchilar jamoasi “oliy darajali” 15—20 nafar mutaxassisni o‘z ichiga oladi, ular bungacha Germaniyaning turli avtomobil kompaniyalarida ishlagan. Ular loyihalashtirish, mexanik tugunlar va dasturiy ta’minotlar yaratish, shuningdek, bozor strategiyasini o‘rganib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Ilk bosqichda Apple elektromobili faqat ijara va karshering dasturi doirasida qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda, chunki amerikaliklar dilerlar va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining rivojlangan tarmog‘ini tezkorlik bilan yo‘lga qo‘ya olmaydi.

Ayni paytda Apple elektrokari loyihasi Titan shartli nomiga ega, ammo seriyali mashina iCar deb nomlanishi kutilmoqda. Shuningdek, mashinada avval ma’lum qilinganidek, avtonom boshqaruv funksiyasi bo‘lmasligi taxmin etilmoqda.

Apple hech qachon o‘zining ilk elektromobilini yaratish ustida ishlayotganini rasman e’lon qilmagan, biroq oldinroq OAV kompaniya avtomobilsozlik bo‘yicha o‘nlab ekspertlar, jumladan, Ford va Mercedes-Benz konsernlari mutaxassislarini ishga yollaganini ma’lum qilgandi.

Яндекс.Метрика