У нас есть только
оригинальные песни

Apple birinchi moliyaviy chorakda rekord darajadagi 18,4 mlrd dollar daromad oldi

calendar 27.01.2016
1096

Apple kompaniyasining birinchi moliyaviy chorakdagi (2015 yilning 26 dekabrida yakunlandi) daromadi 18,4 mlrd dollarni tashkil qildi, bu kompaniya uchun rekord natija hisoblanadi. Bu haqda kompaniya taqdim qilgan hisobotda aytilmoqda. Kompaniyaning shu davrdagi umumiy tushumi 75,9 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, kompaniya iPhone smartfonlari savdosi 1 foizga oshganini ye'lon qildi. Yangi moliyaviy yilning 1-choragida bu smartfonlardan 74,7 mln dona sotilgan.

Shu bilan birga, Apple prognozlariga ko'ra, joriy 2-moliyaviy chorak natijalariga ko'ra, kompaniya oxirgi 15 yil ichidagi yeng yirik savdolar hajmi pasayishini boshdan kechirishi mumkin.

The Wall Street Journal gazetasining ma'lumotlariga ko'ra, voqealarning bu kabi rivojlanishi o'tgan yili kompaniya katta diagonalli yekranlarga yega iPhone smartfonlari yangi qatorini taqdim qilgandan keyingi yuqori savdolar oqibati bo'ladi. Yangi iPhone’da sezilarli o'zgarishlar yo'qligi sababli u iste'molchilar orasida avvalgi modeldagidek ishtiyoq uyg'otmayapti.

Apple’ning daromadlari iPhone’lar savdosiga kuchli bog'liq, bu smartfonlarga kompaniya aylanmasining uchdan ikki qismi to'g'ri keladi. Kompaniya rahbari Tim Kukning aytishicha, kompaniya kelgusida iPad planshetlariga talabning oshishi va turli xil xizmatlar, jumladan musiqaga ixtisoslashgan Apple Music’dan daromadlar oshishiga umid qilmoqda.

Яндекс.Метрика