У нас есть только
оригинальные песни

Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini boy berdi

calendar 13.05.2016
1741

Google bosh kompaniyasi — Alphabet Inc. xoldingi 12-may, payshanba kuni AQSh fond bozorlarining ochilish chog‘ida kapitallashuv bo‘yicha Apple korporatsiyasini quvib o‘tdi.

 

Ikkala kompaniya kotirovkalari ham savdolar boshlanishi davomida pasayib borgan, biroq iPhone ishlab chiqaruvchisining bozor qiymati ko‘proq tushgan: Toshkent vaqti bilan 21:00 da Google aksiyalari narxda 0,6%, Apple qimmatli qog‘ozlari esa 2,5% yo‘qotgan. Google kapitallashuvi shu paytda 495,9 milliard, Apple’niki esa 492,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Investorlar hafsalasi pir bo‘lishiga dunyoda eng yirik iPhone yig‘uvchisi hisoblanadigan Tayvanning Foxconn Technology kompaniyasi tushumi va foydasi pasayishi sabab bo‘ldi. Kompaniya sof foydasi joriy yil birinchi choragida 9,2 foizga — 847 million dollargacha kamaydi. Bu esa investorlar iPhone sotuvi jahon miqyosida pasayishidan xavotirlanishiga turtki berdi.

Apple’ning o‘zi birinchi chorakda tarixida ilk bor smartfonlar sotuvi kamayganini qayd etdi. Kompaniyaning boshqa mahsulotlari — iPad planshetlari va Mac kompyuterlari sotuvi ham pasayib bormoqda.

Яндекс.Метрика