У нас есть только
оригинальные песни

Apple eski Samsung smartfonlari savdosini cheklashga muvaffaq bo'ldi

calendar 21.01.2016
941

Kaliforniyaning San-Xose shahri federal sudi Samsung`ga AQSh hududida 9ta Galaxy-smartfonlarini sotishni to'xtatish to'g'risida hukm chiqardi. Bu erda gap to'rt yil muqaddam muomaga chiqarilgan Samsung Admire, Galaxy Nexus, Galaxy Note, Galaxy Note II, Galaxy S II, Galaxy S II Epic 4G Touch, Galaxy S II Skyrocket, Galaxy S III va Stratosphere smartfonlari to'g'risida ketmoqda.

Yuqoridagi modellar 2011–2012 ishlab chiqarilgan va bugungi kunda eskiligi bois peshtaxtalardan topish deyarli imkonsiz. Sud qarori Samsung`ning zamonaviy uskunalariga taalluqli emas.

Shuningdek, okrug sudi Lyusi Ko qaroriga ko'ra, Samsung Apple`ga tegishli bo'lgan uchta patent huquqini buzgan. Ular: elektron maktubda mavjud bo'lgan telefon raqamini ajratib ko'rsatish, yozish jarayonida avtomatik xato to'g'irlash va ekranni barmoq harakati bilan blokdan chiqarish (slide to unlock).

Ta'kidlanishicha, Apple o'zining asosiy raqibidan ramziy ma'noda ustunlikka erishgan bo'lsa-da, mazkur sud qarori kelgusidagi tortishuvlarga ham dastak bo'lishi mumkin.

Яндекс.Метрика