У нас есть только
оригинальные песни

Apple Hindistonda dasturlar ishlab chiqarish bo'yicha markaz ochishni maqsad qildi

calendar 20.05.2016
870

Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindistonda o'z dasturlari, shuningdek, Apple Maps xarita grafikligi xizmatini ishlab chiqarish va takomillashtirish bo'yicha yangi markaz ochishga qaror qildi. Bu haqda Kaliforniyadagi kompaniya vakillari  xabar berdi. 

Apple qayd etishicha, mamlakatning janubida joylashgan Haydarobod shahrida 4 mingga yaqin ish o'rni bilan ta'minlovchi bo'linmalar tashkil etiladi. Yangi markaz ochilishining aniq sanasi aytilmagan. 

"Apple dunyodagi eng yaxshi mahsulot va xizmatlar yaratishga e'tibor qaratmoqda, shu sababli biz Haydarobodda asosiy ish ko'lamini  Maps rivojiga yo'naltiruvchi yangi idora ochish imkoniyati borligidan g'oyatda mamnunmiz ", - deya ta'kidladi korporatsiya rahbari Tim Kuk Hindistonga tashrifi chog'ida.  

AP agentligining ma'lumotiga muvofiq, Kuk tashrifi chog'ida hindistonlik biznes sohasining vakillari, shuningdek, ba'zi hukumat amaldorlari bilan uchrashishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv ham rejadan joy olgan, deb xabar beradi AP.

Avvalroq,  Apple 2017 yil boshida Hindistonning Bangalor shahrida dasturlarni ishlab chiqarishga yo'naltirilgan komaniya filialini ochishi haqida e'lon qilgan edi.

Яндекс.Метрика