У нас есть только
оригинальные песни

Apple “insoniy qiyofaga ega navigator” uchun patent oldi

calendar 30.04.2015
2287


Apple kompaniyasi AQSHda nomini "insoniy qiyofaga ega navigator” deb tarjima qilish mumkin bo‘lgan texnologiya uchun patent oldi. Bu haqda Motor.ru xabar bermoqda.

Ushbu atama ostida Apple odatiy navigatorlardan farqli ravishda, aksariyat foydalanuvchilar tushunarli bo‘lgan kartografik GPS-qurilmalarning dasturiy ta’minotini nazarda tutmoqda.

Apple’ning navigator dasturi quruq geografik ma’lumotlarni uzatishga emas, balki nisbatan tushunarli axborot berishga ixtisoslashadi.

Masalan, ilova-dastur foydalanuvchiga harakat yo‘nalishining oxiri "shimoldan X kilometr masofada joylashgani” haqida ma’lumot bermaydi.

Buning o‘rniga dastur haydovchiga aniq nuqta va obyektlar bo‘ylab harakatlanishni taklif qiladi, masalan: "Chorrahadan keyingi uchinchi burilishda kirib, so‘ng avtobus bekati yonidan o‘ting”.

Bundan tashqari, Apple o‘z navigatoriga obyektlarga ta’rif berishni ham o‘rgatadi. Masalan, foydalanuvchi navigator qidiruviga ko‘p qavatli uyni kiritsa, dastur bu uyni boshqalardan ajratib turuvchi biror belgini havola qiladi.

Apple’ning "aqlli navigatori”ni tatbiq etish istiqbollari haqida hozircha axborot berilmagan.


Яндекс.Метрика