У нас есть только
оригинальные песни

Apple iOS’ga foydalanuvchilarning tezroq uyquga ketishiga yordam beradigan tungi rejimni qo‘shadi

calendar 12.01.2016
1198

Apple kompaniyasi ishlab chiquvchilar uchun yangi iOS 9.3 operatsion tizimining beta-versiyasini chiqardi, unga qator yangi funksiyalar, jumladan, smartfon yoki planshetni karavotda yotib ishlatish natijasida uyqu buzilishi oldini oluvchi tungi rejim kiritildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Noyabr o‘rtalarida taniqli britaniyalik olim Pol Gringras smartfon ishlab chiqaruvchilarini maxsus tungi rejimni yaratishga chaqirdi, u kechi vaqt va tunda displeydan taraladigan ranglar spektridan ko‘k va yashil rangni chiqarib tashlaydi. Ular tufayli iPhone 6’dan karavotda foydalanish uxlab qolish jarayonini bir soatga kechiktirishi mumkin.

Ikki oydan so‘ng Apple iOS 9’da ishlaydigan barcha qurilmalarga ushbu funksiyani kiritganini e’lon qildi. iOS 9.3 chiqarilgach, ularda “Night shift” (“Tungi smena”) deb nomlangan, o‘chirish mumkin bo‘lgan funksiya paydo bo‘ladi.

Shuningdek, iOS 9.3’ga qaydlarga parol qo‘yish funksiyasi, “Salomatlik” dasturida qo‘shimcha kategoriyalar kiritiladi.

Яндекс.Метрика