У нас есть только
оригинальные песни

Apple iPhone 7dagi quloqchinlar portidan voz kechib, yangi simsiz Beats tiqinlariga urg'u beradi

calendar 11.01.2016
1948

Apple quloqqa tiqib qo'yiladigan yangi Beats quloqchinlari ustida ishlamoqda. Aytilishicha, uskuna iPhone 7 bilan bir paytda taqdim etiladi. Mazkur smartfonda quloqliklar porti yo'q bo'lishi, u butunlay shu tiqinlar bilan ishlashga moslashishi mumkin.

Apple Beats kompaniyasini 2014 yili 3 mlrd dollarga xarid qilgan edi. Endilikda ular hamkorlikda mazkur simsiz garnitura ustida ish olib bormoqda. Uskuna Bluetooth vositasida ulanadi. Loyiha hozircha prototipa bosqichida turibdi, u iPhone 7 bilan birga 2016 yil kuzida taqdim etilishi mumkin.

Yangi tiqinlarda shovqinni bosish texnologiyasi, shuningdek, qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va Siri ilovasidan foydalanish imkoniyati bo'lishi aytilmoqda. Tiqinlar har qanday shakldagi quloqlarga mos kelishi uchun uning dizayni ancha ixcham va moslashuvchan bo'lishi yoki ko'plab variantlarga ega bo'lishi talab etiladi.

Яндекс.Метрика