У нас есть только
оригинальные песни

Apple iPhone faoliyati sekinlashuvini o'chirishga imkon beradi

calendar 18.01.2018
907

iPhone smartfonlari foydalanuvchilari tez orada o'z qurilmalari faoliyati sekinlashuvini o'chirish imkoniga ega bo'lishadi. Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk ABC telekompaniyasiga bergan intervyusida shu haqida xabar berdi. 

U kompaniya smartfonlar uchun yangilanish chiqarishi va bu iPhone egalariga batareya holati va ularning qurilmasi sekinlashgan yoki yo'qligi haqida ma`lumot olish imkonini beradi. "Kutilmagan yuklanishning oldini olish maqsadida biz smartfonlar faoliyati biroz sekinlashtirilishidan ogohlantiramiz. Agar siz buni istamasangiz, uni o'chirib qo'yishingiz mumkin bo'ladi", - dedi Kuk.

U mazkur funksiyani o'chirish tavsiya etilmasligini qo'shimcha qildi. 

O'tgan yilning oxirida korporatsiya o'zining eski modellari faoliyatini sekinlashtirganini tan olgandi. Bunga ulardagi litiy-ion batareyalarining vaqt o'tgandan keyin kuchi yo'qolishi va sovuq havoda qurilmadan foydalanish vaqtida quvvati qolmasligi mumkinligi bilan izohlandi. Smartfonlar faoliyatidagi kutilmagan nosozliklar yuzaga kelmasligi uchun kompaniya iOS operatsion tizimiga resurslar yetishmovchiligida muayyan funksiyalar bajarilishini sekinlashtirishga doir o'zgarishlar kiritdi. Kompaniya buning uchun iste`molchilardan uzr so'radi va eski modellarning yangi akkumulyatorlari narxini pasaytirdi.

Яндекс.Метрика