У нас есть только
оригинальные песни

Apple jahonda eng yirik kompaniyaga aylandi

calendar 30.12.2015
1218

Apple korporatsiyasi kapitalizatsiya bo'yicha jahonda 1-o'rinni egalladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi. 

Joriy yil boshida kompaniyaning kapitalizatsiyasi 640 mlrd dollarni tashkil qilgan, bahorda 750 mlrd dollarga etgan, biroq yil oxirida IPhone smartfonlariga talab borasida xavotirlar tufayli 600 mlrd dollarga kamayib ketdi.

2-o'rinni Google va Android’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi egalladi, uning kapitalizatsiyasi 45 foizga oshib, 530 mlrd dollargacha etdi.

3-o'rinni esa Microsoft kompaniyasi egalladi. Nashrning ta'kidlashicha, kompaniyaning aktsiyalari 2000 yildagi, ya'ni kompaniya dunyoda eng yirik kompaniya hisoblangan holatiga qaytdi. 

Яндекс.Метрика